Aliyev Bryusselda Mishel va Pashinyan bilan uchrashdi

Ilhom Aliyev Belgiya poytaxt Bryusselda Mishel va Pashinyan bilan uch tomonli sammitda uchrashdi.

1986341
Aliyev Bryusselda Mishel va Pashinyan bilan uchrashdi

Belgiya poytaxti Bryusselda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Yevropa ittifoqi kengashi raisi Sharl Mishel ishtirokida uch tomonli sammit uyushtirildi.

Ilhom Aliyev, Sharl Mishelning taklifiga binoan borgan Belgiyada uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Aliyev poytaxt Bryusselda Mishel va Pashinyan bilan uch tomonli sammitda uchrashdi.

Shu bilan beshinchi marotaba uyushtirilgan sammit kun tartibida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining davom etishi o‘rin olgan.

Aliyev bilan Pashinyan 2021-yilning 14-dekabri va 2022-yilning 6-apreli kunlari Sharl Mishelning taklifiga binoan yana Bryusselda uchrashgandi.

Uch tomonli formatdagi so‘nggi sammit esa 2022-yilning 31-avgustida o‘tkazilgan.

2022-yilning 7-dekabri kuni Bryusselda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uch tomonli uchrashuv, Pashinyanning Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning ishtirok etishi sharti bilan yig‘ilishda qatnashishi mumkinligini ma’lum qilishi ortidan bekor qilingandi.



Aloqador xabarlar