Qo‘qon universitetida «Xalqaro Boburshoh» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatiga qarashli Qo‘qon shahrida joylashgan Qo‘qon universitetida, «Xalqaro Boburshoh» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

1977043
Qo‘qon universitetida «Xalqaro Boburshoh» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universitetida «Xalqaro Boburshoh» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Dunyo” AA muxbiri ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, konferensiya Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY, O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Madaniyat va turizm vazirliklari, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar hokimliklari hamda turkiy davlatlarning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari hamkorligida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston va turkiy davlatlarning boburshunos olimlari, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy jamoatchilik ishtirok etdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymo, buyuk shoir, qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash borasidagi tashabbuslari asosida olib borilayotgan ishlarni kuzatib, faxrlanayapmiz, - dedi TURKSOY bosh kotibining o‘rinbosari Bilal Chakiji. -  Bobur hayoti va ijodiga doir noyob qo‘lyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularni O‘zbekistonga olib kelish hamda tadqiq qilish borasidagi ishlar tahsinga loyiq. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston buyuk ajdodlar merosiga sohib chiqib, turk dunyosiga namuna bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi».

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari Zahiriddin Muhammad Boburning jahon xalqlari madaniyati xazinasidan munosib o‘rin olgan ilmiy-adabiy merosini yana-da keng tadbiq va tahlil etish, Turkiy dunyo olimlari hamda Boburshunoslarining qimmatli maʼlumotlari esa ajdodlarimiz tarixini yana-da keng tarannum etish va yoshlarimizning bilimlari yuksalishiga katta hissa qo‘shishini eʼtirof etdilar.

Anjuman doirasida sahnalashtirilgan konsert dasturlari namoyish etildi. Turkiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlarda Qo‘qon shahrining tarixiy obidalariga uyushtirilgan sayohat, ayniqsa katta taassurot qoldirdi.

 



Aloqador xabarlar