Aliyev Yerevandagi yutugʻini Ozarbayjonga tuhfa qilgan Turk sportchilarga minnatdorchilik bildirdi

Aliyev tashrif uyushtirgan Salyan viloyatida Ozarbayjon davlat televideniyesi savollariga javob berdi.

1977025
Aliyev Yerevandagi yutugʻini Ozarbayjonga tuhfa qilgan Turk sportchilarga minnatdorchilik bildirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armanistonda ogʻir atletika boʻyicha boʻlib oʻtayotgan Yevropa chempionatining ochilish marosimida Ozarbayjon bayrogʻining yoqib yuborlishi haqida:

“Bu xunuk voqea muallifi Armaniston hukumati bilan davlatidir”. - dedi.

Aliyev tashrif uyushtirgan Salyan viloyatida Ozarbayjon davlat televideniyesi savollariga javob berdi.

Armaniston poytaxti Yerevanda ogʻir atletika boʻyicha uyushtirilgan Yevropa chempionatining ochilish marosimida bir shaxs tomonidan Ozarbayjon bayrogʻining yoqib yuborilishiga toʻxtalgan Aliyev, bu hodisaning shaxs yoki tasodif emasligi, aksincha, voqeaning Armaniston hukumati tomonidan qasddan qoʻl urilgan iflos harakat ekanini taʼkidladi.

Aliyev, hodisani sodir etgan shaxs hech qanday jazo olmagani va uning “qahramon” deb eʼlon qilinganini ta’kidlab:

“Armaniston yetakchiligi oldida bunday jirkanch voqea sodir boʻlmoqda va bunga hech qanday munosabat bildirilmayapti. Demak, bu xunuk voqeaning muallifi Armaniston hukumati va davlatidir”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Bu voqea ularni larzaga keltirmasligini ifoda etgan Aliyev, “Lekin ular yaxshi oʻylab koʻrishlari kerak. Bir kun koʻzlarini ochib, boshlari ustida Ozarbayjon bayrogʻini koʻrishlari mumkin”.-deya gapirdi.

Aliyev Yerevanda boʻlib oʻtgan chempionatda qoʻlga kiritgan medallarini Ozarbayjonga tuhfa qilgan Turk ogʻir atletikachilardan Jansu Bektash bilan Gamze Altunga ham toʻxtalib, ular haqida shunday dedi:

“Mihriban Xonim bilan men bu qizlarimizni tabrikladik. Chunki ular Turkiya bilan Ozarbayjonga dushman boʻlgan davlatda gʻalaba qozondilar, Turk bayrogʻini hilpiratdilar. Armanlar bayrogʻimizni yoqib yubordi ammo lekin u yerda Turk bayrogʻi koʻtarildi. Davlat madhiyasi shunday yangradiki, ana shu yerda oʻtirgan barcha dushmanlarning qulogʻi kar boʻlib qoldi. Ular yutuqlarini Ozarbayjonga tuhfa qildi. Shuning uchun ham Ozarbayjon xalqining muhabbati, sevgisini qozondi”.

Eslatib oʻtamiz:

Armanistonda ogʻir atletika boʻyicha uyushtirilgan Yevropa chempionatining ochilish marosimida, davlat bayroqlari sahnaga chiqqan paytda bir kishi Ozarbayjon bayrogʻini koʻtargan qizning qoʻlidan bayroqni olib, uni yoqib yuborgandi.

 



Aloqador xabarlar