Ozarbayjonlik sportchilar yurtga qaytdi
Yevropa chempionatida ishtirok etgan ammo tashkilot ochilishida bayroqlari yoqib yuborilgani uchun yurtga qaytishlari haqida qaror qabul qilingan ozarbayjonlik sportchilar Bokuga keldi.
Armanistonda Ogʻir atletika boʻyicha uyushtirilgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan ammo tashkilot ochilishida bayroqlari yoqib yuborilgani uchun yurtga qaytishlari haqida qaror qabul qilingan ozarbayjonlik sportchilar Bokuga keldi.
Yerevandan quriqlik yoʻli orqali Gruziyaga, u yerdan esa samolyot bilan vataniga qaytgan og‘ir atletikachilarni “Haydar Aliyev” nomidagi xalqaro aeroportda koʻpchilik kutib oldi.
Jamoa murabiyi Emil Aliyev matbuot vakillariga bergan bayonotida, Armanistonga urushga emas musobaqaga borganliklari ammo Ozarbayjon bayrog‘i yoqilishidan qattiq xafa bo‘lganliklarini qayd etdi.
Tashkilotdagi Armaniston rasmiylarining bayroq yoqilganidan keyin hech narsa boʻlmagandek muomala qilganliklarini ifoda etgan Aliyev, “Uzoq yillardan buyon sport bilan shugʻullanaman. Bir davlat rahbari bor joyda, boshqa davlat bayrogʻi yoqilgan voqea yuz bermadi. Bayroqni yoqib yuborganni ham qahramon deb eʼlon qilishdi. Buni jimjirt tomosha qilib oʻtirolmaymiz”.-dedi.
Eslatib oʻtamiz:
Armanistonda ogʻir atletika boʻyicha uyushtirilgan Yevropa chempionatining ochilish marosimida, davlat bayroqlari sahnaga chiqqan paytda bir kishi Ozarbayjon bayrogʻini koʻtargan qizning qoʻlidan bayroqni olib, uni yoqib yubordi.
Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu vaziyatdan so‘ng sportchilarni yurtga qaytarish haqida qaror qabul qildi.
Ozarbayjon, mazkur musobaqada 12 kishilik jamoa bilan ishtirok etayotgandi.