Ozarbayjon Qorabog‘dagi arman jamiyati vakillariga Bokuda uchrashishni taklif qildi

1-mart kuni Xo‘jalida boʻlib oʻtgan yigʻilish va 13-mart kuni taqdim etilgan taklifnomaning davomi sifatida arman jamiyati vakillariga aprel oyining ilk haftasida Bokuda yig‘ilish o‘tkazish taklif qilindi.

1965701
Ozarbayjon Qorabog‘dagi arman jamiyati vakillariga Bokuda uchrashishni taklif qildi

Ozarbayjon Qorabog‘dagi arman jamiyati vakillariga mintaqadagi integratsiya va infratuzilma loyihalarini muhokama qilish uchun Bokuda uchrashishni taklif qildi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, 1-mart kuni Xo‘jalida boʻlib oʻtgan yigʻilish va 13-mart kuni taqdim etilgan taklifnomaning davomi sifatida arman jamiyati vakillariga aprel oyining ilk haftasida Bokuda yig‘ilish o‘tkazish taklif qilingani bildirildi.

Unda, arman jamiyatining Ozarbayjonda integratsiyasi va Qorabog‘dagi infratuzilma loyihalari muhokama qilinishi qayd etildi.

Ozarbayjon hukumati 1-mart kuni Xo‘jalida vaqtinchalik joylashtirilgan Rossiya qo‘shinlari qarorgohida arman jamiyati vakillari bilan uchrashgandi.

Ozarbayjon 13-mart kuni keyingi yig‘ilishni Bokuda o‘tkazishni taklif qildi ammo bu taklif arman jamiyati vakillari tomonidan qabul qilinmagandi.



Aloqador xabarlar