Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘da mahalliy amaliyot boshlatdi
Qorabog‘dan chiqmagan arman qurolli guruhlarning provokatsiyalari davom etmoqda.

Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘da Rossiya tomonidan vaqtinchalik yuborilgan harbiy kuchlar joylashgan hududlarda noqonuniy olib borilgan faoliyatlarni to‘xtatish maqsadida mahalliy amaliyot boshlatdi.
Qorabog‘dan chiqmagan arman qurolli guruhlarning provokatsiyalari davom etmoqda.
Ozarbayjon Qurolli kuchlari mintaqaga harbiy yuk yetkazib berish uchun muqobil yo‘l ishlari olib borilayotganini aniqladi va mintaqada amaliyot boshlatdi.
Natijada Fuzuli tumanidagi Yuqori Veyselli qishlogʻi yoʻnalishida “qishloq xoʻjaligi ishlari” degan nom ostida olib borilgan xandak qazish ishlari toʻxtatildi.
Lochin yo‘lagi shimolidagi tuproq yo‘llarni harbiy yuk tashish maqsadida kengaytirish faoliyatlari uchun ham choralar ko‘rildi.
Ozarbayjon armiyasi bularni mintaqadagi vaziyat keskinlashmasligi uchun amalga oshirdi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Armaniston tomoni nomi tilga olingan qadamlar orqali, mintaqada tinchlik va barqarorlik istamaganini yana bir bor ko‘rsatdi”.-deyildi.
Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi Lochin yoʻlida chegara va nazorat-oʻtkazish punkti tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.
Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, bu tashabbuslar 2020-yil 10-noyabrda imzolangan uch tomonli shartnomaning qoʻpol ravishda buzilgani va Rossiya muvaqqat kuchlarining oʻz vazifalarini bajarmaganidan dalolat berishi taʼkidlandi.
Boshqa tomondan, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Unda, mintaqadagi so‘nggi vaziyatlar qo‘lga olindi.
Aloqador xabarlar

Shavkat Mirziyoyev Prezident Erdo‘g‘anni tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev bilan Rejep Tayyip Erdog‘an bugun telefon orqali muloqot qildi.