Ozarbayjon yer silkinishlari sodir bo‘lgan hududlarda uy-joy qurib beradi

Ozarbayjon yer silkinishlari sodir bo‘lgan hududlarda 100 million dollarlik uy-joy qurib beradi.

1962728
Ozarbayjon yer silkinishlari sodir bo‘lgan hududlarda uy-joy qurib beradi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, Turkiyada yer silkinishlari sodir bo‘lgan hududlarda 100 million dollarlik uy-joy, jamoat binolari va ta’lim muassasalari qurmoqchi ekanliklarini bildirdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Bayramov, Yevropa ittifoqi komissiyasi va Yevropa ittifoqining davriy rahbari Shvetsiyaning, 6-fevralda Turkiya va Suriyada qayd etilgan yer silkinishlaridan salbiy ta’sir ko‘rganlar uchun Belgiya poytaxti Bryusselda uyushtirilgan Xalqaro yordam konferentsiyasida ishtirok etdi.

Unda nutq so‘zlagan Bayramov, yer silkinishidan hamon keyin Turkiyaga qidiruv-qutqaruvchilar, tibbiy xodimlar va ixtiyorchilardan iborat 940 kishilik guruh yuborganliklarini ma’lum qildi.

Bayramov, Turkiyaga 5 ming 300 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berganliklari va tegishli tashkilotlar hisobiga 45 million dollar mablag‘ yuborganliklarini qayd etdi.

Ozarbayjonning bundan buyon qardosh Turkiyaning yonida bo‘lishini va yer silkinishlaridan keyingi qayta qurish ishlariga moliyaviy va texnik yordam berishni davom ettirishini ifoda etgan Bayramov, “Ozarbayjon hududda 100 million dollarlik uy-joy, jamoat binolari va ta’lim muassasalari quradi”- degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar