Turkiy investitsiya fondi tashkil etildi

Turkiy Davlatlar Tashkilotining 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sammiti yakunida 3ta muhim hujjat imzolandi.

1961111
Turkiy investitsiya fondi tashkil etildi

 

Turkiy Davlatlar Tashkilotining 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sammiti yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:

1. Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitining Anqara deklaratsiyasi;

2. Turkiy davlatlar tashkilotining fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror;

3. Turkiy investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim.

Sammitda  tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari – Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari – Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar ishtirok etdi.  


Tanlangan kalimalar: #TDT , #Turkiy investitsiya fondi

Aloqador xabarlar