O‘zbekiston prezidentining Turkiyaga tashrifi yakunlandi

Sammit yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an kuzatib qo‘ydi.

1961057
O‘zbekiston prezidentining Turkiyaga tashrifi yakunlandi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi.

Prezident matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, kecha davlat rahbari Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Kecha, 16 mart kuni Anqara shahrida O‘zbekiston Prezidenti raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Sammit yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Shavkat Mirziyoyev , #TDT

Aloqador xabarlar