Qozog‘iston prezidenti Anqaradagi TDT sammitida ishtirok etadi

“16 mart kuni Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan TDTning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Anqaraga boradi”, deyiladi xabarda.

1960284
Qozog‘iston prezidenti Anqaradagi TDT sammitida ishtirok etadi

 

Ertaga, 16 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiy Davlatlar Tashkilotining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

“16 mart kuni Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan TDTning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Anqaraga boradi”, deyiladi xabarda. 

Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami sohasida TDT faoliyatining dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, tabiiy ofatlarga qarshi kurashda hamkorlikni muvofiqlashtirish va mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi.  

“Tashrif doirasida davlat rahbarining Turkiya Prezidenti bilan uchrashishi ham rejalashtirilgan”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ham davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 mart kuni Turkiyaga jo‘nab ketishini, ertaga, 16 mart kuni Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. 


Tanlangan kalimalar: #TDT , #Qosim-Jo'mart To'qayev , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar