Baxtiyor Saidov Entoni Blinken bilan uchrashdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken, Toshkentda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov muzokaralar o‘tkazish uchun Toshkentga kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi.
Saidov oʻzining Twitterdagi sahifasida mavzu haqida bergan bayonotida, Blinken bilan uchrashuvda ishbilarmon doiralar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekistonning kadrlar salohiyatini rivojlantirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va boshqa masalalar boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish boʻyicha kelishib olinganini taʼkidladi.
Saidov, shuningdek, AQSh hukumatining Oʻzbekiston Prezidentining islohotlar jarayonini har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotganini yuksak qadrlashini taʼkidlab, ushbu uchrashuv samarali boʻlishiga umid bildirdi.
AQSh hukumatining rasmiy internet saytida berilgan bayonotga koʻra ham uchrashuvda Saidov, Blinkenning Oʻzbekistonga boʻlgan ilk tashrifidan mamnunligini bildirib, bu tashrifning ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.
O‘zbekistonda bo‘lishdan mamnunligini bildirgan Blinken ham kecha Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida ham ikki tomonlama, ham C5+1 (Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh) formatida mushtarak muammolar va maqsadlar yuzasidan muzokaralar o‘tkazganliklarini yodga soldi.
Blinken, shuningdek, O‘zbekiston bilan faol aloqalar, mamlakatning C5+1 dasturidagi o‘rni, izchil rivojlanib borayotgan ikki tomonlama hamkorlik va O‘zbekiston hukumatining islohotlar jarayonini yuqori baholaganliklarini bildirdi.
Aloqador xabarlar

Shusha shahri Islom olamining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi
Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.