Baxtiyor Saidov: Bu og‘ir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz

Baxtiyor Saidov halokatli zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan Turkiya shaharlaridan biri -  Gaziantepda ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi.

1948272
Baxtiyor Saidov: Bu og‘ir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz
Bahtiyor Saidov Hatay-1.jpg
Bahtiyor Saidov Hatay-2.jpg

Kecha Turkiyaga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov halokatli zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan Turkiya shaharlaridan biri -  Gaziantepda ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi. Bu haqida Baxtiyor Saidov ijtimoy tarmoqlardan facebook hisobi orqali ma’lumot bo‘lishdi.  

Saidov unda:

#Turkiya tashqi ishlar vaziri, qardoshim Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Turkiyaning  #Gaziantep shahrida uchrashdim. O‘zbekiston Prezidenti va xalqi nomidan Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdim. Ushbu tabiiy ofat oqibatlari barchamizning qalblarimizni chuqur yaraladi. Bu og‘ir paytlarda biz #Turkiya bilan birgamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Gaziantep ortidan mamlakatning Xatay viloyatida bo‘ldi. Bu haqida yani ijtimoiy tarmoqlardan facebook hisobi orqali shunday dedi:

“10000 dan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladigan Xatay viloyatidagi Ovakent mahallasida bo‘ldim. Mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyoning turli burchaklaridan bu yerga kelgan barcha vatandoshlarimizdan minnatdormiz. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiko‘chma gospitali 2000ga yaqin jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatdi,O‘zbekiston Respublikasi FVVxodimlari esa vayronalar ostidan 30 dan ortiq odamni qutqarib oldi”.



Aloqador xabarlar