O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi TIV rahbarlari oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Kecha, 2023-yil 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Ushbu muhim voqea munosabati bilan O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot bo bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra tomonlar yuqorida qayd etilgan muhim sana munosabati bilan o‘zaro tabriklar almashdilar. Keyingi yillarda oliy darajadagi faol va ishonchli muloqot tufayli O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.
Mulotoq chog‘ida shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilinib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga e’tibor qaratildi.
Aloqador xabarlar

Shusha shahri Islom olamining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi
Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.