Gurbangulu Berdimuhamedov Turkiya elchixonasiga borib, hamdardlik bildirdi
Turkmaniston Xalq maslahati rahbari, Turkmaniston Milliy yetakchisi Gurbangulu Berdimuhamedov bugun Turkiya elchixonasiga tashrif buyurib, zilzila qurbonlariga ta’ziya va tilaklarini shaxsan yetkazdi hamda ta’ziya kitobiga imzo chekdi.

6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 12 mingdan oshdi.
Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.
Aloqador xabarlar

Bugun Qozog‘istonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 19-mart kuni Qozog‘istonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.