Samarqand viloyati hokimi Turkiya konsulxonasiga borib, hamdardlik bildirdi

O‘zbek qardoshlar zilzila oqibatida halok bo‘lganlarga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilab, ta’ziya kitobiga imzo chekdilar.

1944196
Samarqand viloyati hokimi Turkiya konsulxonasiga borib, hamdardlik bildirdi

 

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, shahar hokimi Fazliddin Umarov, hokim o‘rinbosarlari, universitet rektorlari, O'zbekistonda yashab kelayotgan turklar, o‘zbek qardoshlar zilzila oqibatida halok bo‘lganlarga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilab, ta’ziya kitobiga imzo chekdilar.

6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 12 mingdan oshdi. 

Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #Samarqand

Aloqador xabarlar