O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 33 jasadni olib chiqdi

Turkiyadagi mudhish zilzila talafotlaridan qutqaruv ishlarida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham qatnashmoqda.

1944149
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 33 jasadni olib chiqdi

 

Turkiyadagi mudhish zilzila talafotlaridan qutqaruv ishlarida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham qatnashmoqda. Hatay viloyatida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar oxirgi soatlarda 18 nafar qurbonning jasadini vayronalar ostidan olib chiqdi.

Qayd etilishicha, biroz avval O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlarining borishi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar kelib tushgan.

“Yaqinda Hatay viloyatida vayronalarni ajratish paytida qutqaruvchilarimiz yana ikki nafar jabrlanganni tiriklayin olib chiqishdi”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, so‘nggi bir necha soat ichida o‘zbekistonlik qutqaruvchilar yana 18 nafar qurbonni xarobalar ostidan olib chiqqan. 

Ma’lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.

Avvalroq, ikki nafar o‘zbekistonlik vayronalar ostidan tirik qutqarib olingani xabar qilingan edi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar