Ozarbayjondagi Haydar Aliyev markazi turk bayrog‘i ranglariga burkandi

Qayd etilishicha, turk bayrog‘i bir necha kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da markaz binosiga o‘rnatiladi.

1943609
Ozarbayjondagi Haydar Aliyev markazi turk bayrog‘i ranglariga burkandi

 

Ozarbayjon poytaxti Bakuning me’moriy ramzlaridan biri hisoblangan Haydar Aliyev markazi 7 fevral oqshomida Turkiya bayrog‘i ranglariga burkandi. 

Bu holat Turkiya va turk xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida mamlakat janubidagi vayronkor zilzilalar ortidan uyushtirildi. 

Qayd etilishicha, turk bayrog‘i bir necha kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da markaz binosiga o‘rnatiladi. 

6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 5 mingdan oshdi. 

Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #zilzila

Aloqador xabarlar