Qozog‘istonda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti bo'lib o'tmoqda

Qozog'iston Bosh vaziri Alixon Ismoilov mezbonlik qilgan sammitda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko, Qirg'iziston Bosh vaziri Akikbek Japarov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etmoqda.

1941517
Qozog‘istonda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti bo'lib o'tmoqda

 

Kecha Qozog‘istonning Olmaota shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashi sammiti o’z ishini boshladi.

Qozog'iston Bosh vaziri Alixon Ismoilov mezbonligida ikki kun davom etadigan sammitda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko, Qirg'iziston Bosh vaziri Akikbek Japarov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etmoqda.

Birinchi kuni tor doirada yig‘ilgan tomonlar YeOII doirasida umumiy gaz bozorini yaratish bo‘yicha xalqaro shartnomani tayyorlash, alkogol bozorini tartibga solish va ittifoqning hududiy rivojlanish institutlari faoliyatiga baho berdilar.

Bugun boʻlib oʻtadigan kengaytirilgan yigʻilishda esa, kun tartibining boshqa masalalari, xususan, ittifoqqa aʼzo davlatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, texnik jihatdan tartibga solish, temir yoʻl va yuk tashish, energetika kabi masalalar muhokama qilinadi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari 5-raqamli Olmaota xalqaro forumida ham ishtirok etadilar.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston

Aloqador xabarlar