Ozarbayjonda Eronga josuslikda ayblangan 39 kishi qo'lga olindi
Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi tomonidan operatsiya o'tkazilgan muassasalar orasida Eronparast koʻrsatuvlari bilan tanilgan “SalamNews” axborot agentligi va “Interaz” telekanali ham bor.

Ozarbayjonda Eronning josuslik faoliyatiga qarshi o'tkazilgan operatsiyada 39 kishi qo'lga olindi.
Ozarbayjon Ichki Ishlar Vazirligi manbalaridan olingan ma'lumotga ko'ra, kecha poytaxt Baku va boshqa bir qator viloyatlarda ba'zi muassasa va ish joylariga qarshi operatsiyada din bahonasida bo'lginchilik faoliyati bilan shug'ullanganlikda gumon qilingan 39 kishi qo'lga olindi.
Ushbu shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda Eron foydasiga propaganda olib borayotgani, Ozarbayjonda mazhablararo nizolarni boshlamoqchi bo'lganligi, Eron razvedkasi tomonidan berilgan topshiriqlarga amal qilgani va ma'lumot yetkazib turgani iddao qilindi.
Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi tomonidan operatsiya o'tkazilgan tashkilotlar orasida Eronparast koʻrsatuvlari bilan tanilgan “SalamNews” axborot agentligi va “Interaz” telekanali ham bor.
Aloqador xabarlar

Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 26-mart kuni Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda.