Ozarbayjon Erondagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qildi
Samolyotda poytaxt Bakuga qaytgan elchixona xodimlarini Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Xalef Xalefov va vazirlik xodimlari kutib oldi.

Ozarbayjon hukumati kecha, 29 yanvar kuni Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasi faoliyatini toʻxtatib, elchixona xodimlari va ularning oila a’zolarini evakuatsiya qildi.
Samolyotda poytaxt Bakuga qaytgan elchixona xodimlarini Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Xalef Xalefov va vazirlik xodimlari kutib oldi.
Juma kuni Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasi binosiga sodir etilgan qurolli hujumda halok bo'lgan xavfsizlik xodimi, birinchi leytenant O'rxan Askerovning jasadi ham xuddi shu samolyotda Bakuga olib kelindi.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalefovning aytishicha, Tehronda Ozarbayjon elchixonasiga sodir etilgan hujum terrorchilik harakatidir.
"Ushbu teraktni qabul qilish mumkin emas. Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasiga koʻra, har bir davlat mamlakatdagi elchixonalar xavfsizligidan masʼuldir. Eron tabiiy ravishda sodir boʻlgan terakt uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Eron oʻz majburiyatiga koʻra, terrorchilik harakatini har tomonlama va oshkora tergov qilishi, jinoyatchilar va ularning ortida turgan kuchlarni aniqlab, ularni jazolashi kerak. Bu bizning Erondan qat’iy talabimiz”, dedi u.
Xalefov voqeani yoritish uchun tegishli xalqaro mexanizmlardan foydalanishni rejalashtirganligini bildirdi.
"Prezidentimiz qiyin qaror boʻlsa-da, Ozarbayjon elchixonasini evakuatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu har qanday davlatdagi elchixona faoliyatini va diplomatik faoliyatini toʻxtatish masʼuliyatni talab qiladigan qaror. Biroq, elchixonamiz xodimlari xavfsizligini ta’minlash borasida Eronga umidimiz va ishonchimiz yo‘q”, dedi Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Qo'shni davlatda o’z fuqarosi halok bo’lganidan juda afsusda ekanligini ta'kidlagan Xalefov, "Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasining diplomatik faoliyati butunlay toʻxtatildi. Binoni himoya qilish uchun u yerda 5 kishi boʻladi, ammo bu odamlar diplomatik faoliyat bilan shugʻullanmaydi. Tabrizdagi Bosh konsulligimiz oʻz faoliyatini davom ettiradi",-dedi.
Eslatma: Joriy yilning 27 yanvar kuni soat 08:30 da Tehronda Ozarbayjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Hujumni sodir qilgan shaxs Kalashnikov avtomati bilan qurollangan. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati boshlig‘i halok bo‘ldi, uning ikki hamkasbi yaralandi. Eron politsiyasi Ozarbayjon diplomatik vakolatxonasiga uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchining hibsga olingani haqida xabar berdi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev elchixonaga uyushtirilgan qurolli hujumni qoralab, uni terrorchilik harakati deb baholadi.