Raisiy Ozarbayjonga ta'ziya izhor etdi

Ilhom Aliyev bilan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy telefon orqali muloqot qildi.

1939131
Raisiy Ozarbayjonga ta'ziya izhor etdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy telefon orqali muloqot qildi. Unda, Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qarshi uyushtirilgan hujum haqida gaplashdilar.

Ozarbayjonning Prezidentlik apparati tomonidan berilgan bayonotga koʻra, Prezident Aliyevga qoʻngʻiroq qilgan Raisiy unda, hujumda hayotdan koʻz yumgan xavfsizlik xizmati yetakchisi uchun ta’ziya izhor etib, tan jarohati olgan xavfsizlik xodimiga shifo tilagan.

Tehron elchixonasiga qarshi sodir etilgan terror harakatini keskin qoralagan Aliyev esa, oʻz soʻzida, bu qonli hujum ustidan keng koʻlamli tergov yuritilishi va aybdorlarning jazoga tortilishidan umidvorligini bildirgan.

Eron Prezidentlik apparati tomonidan berilgan yozma ravishdagi bayonotda esa, hujum ustidan tegishli tashkilotlar tomonidan tergov ishlari olib borilayotgani haqida kasbdoshiga ma’lumot bergan Raisiy:

“Eron va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlari uzilmaydi. Chunki u, madaniy va tarixiy rishtalarga asoslanadi”. – dedi.

Raisiy, Eron va Ozarbayjon hukumatlari ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning dushmanlar yuzasidan ziyon koʻrishiga ruxsat bermasliklarini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz:

Ozarbayjonning Tehron elchixonasiga qarshi tunov kuni ertalab uyushtirilgan qurolli hujumda elchixona xavfsizlik xizmati yetkachisi halok bo‘lar ekan, ikki nafar xavfsizlik xodimi tan jarohati olgandi.

Eronlik rasmiylar, voqea ortidan hujumchining qoʻlga tushganini ma’lum qildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ham hujumni qoralab, Tehron elchixonasining evakuatsiya qilingani bildirgandi.



Aloqador xabarlar