Shavkat Mirziyoyev TDT Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyevni qabul qildi

Turk davlatlari tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev Toshkentda.

1937713
Shavkat Mirziyoyev TDT Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyevni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turk davlatlari tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyevni qabul qildi.

Mavzu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Mirziyoyev, 24 - yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida hozirda Toshkent shahrida bo‘lgan O‘muraliyev bilan uchrashgan.

Unda Mirziyoyev bilan O‘muraliyev, O‘zbekistonning Turk davlatlari tashkilotiga raisligi doirasidagi ustuvor vazifalar ijrosining borishini ko‘rib chiqqanlar.

Uchrashuvda, tashkilot rivojida yangi davrni boshlab bergan va o‘tgan yilning 11 – noyabr kuni O‘zbekistonda uyushtirilgan tarixiy Samarqand sammiti natijalarini yuksak baholagan O‘muraliyev, sammitda tashkilot faoliyatlarining yana-da rivojlantirilishi uchun muhim hujjatlar imzolanganini yodga soldi.

O‘muraliyev, tashkilot doirasidagi hamkorlik va sheriklik salohiyatini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar