Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarini yanada faollashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi

Kecha poytaxt Toshkentda Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarini yanada faollashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

1936921
Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarini yanada faollashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi

2023-yil 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun hozirda Oʻzbekistonda boʻlgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati oʻzining rasmiy veb saytida ma’lumot boʻlishdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra tashqi siyosat idoralari rahbarlari Oʻzbekiston - Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining turli jihatlari yuzasidan fikr almashganlar.

Unda shuningdek, ikki va koʻp tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari boʻyicha faol muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etilgan.

Muzokarada IHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.



Aloqador xabarlar