Chavushoʻgʻlu: Türkiye IHTning munosib oʻrni uchun zimmasiga tushgan vazifani bajarishni davom etadi

Chavushoʻgʻlu, Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda oʻtkazilgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yigʻilishida ishtirokchilarga xitob etdi.

1937302
Chavushoʻgʻlu: Türkiye IHTning munosib oʻrni uchun zimmasiga tushgan vazifani bajarishni davom etadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Türkiyening Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining (IHT) yanada samarali boʻlishi va jahon iqtisodiyotidagi munosib ulushiga erishishi uchun oʻz zimmasiga tushgan vazifani bajarishni davom etishini ta’kidladi.

Chavushoʻgʻlu, Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda oʻtkazilgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yigʻilishida ishtirokchilarga xitob etdi.

Yaqinda IHT tarkibi kengayishining 30-yilligini nishonlaganliklarini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu, kengayishi orqali IHTning mintaqadagi iqtisodiy hamkorlik uchun asosiy platformaga aylanganini qayd etdi.

Jahon iqtisodiyotining bugungi kunda katta qiyinchiliklarga duch kelganiga e’tibor qaratgan Chavushoʻgʻlu, bu qiyinchiliklarni yengish uchun iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.

IHTning tashqi aloqalariga e’tibor qaratgan Chavushoʻgʻlu, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (ShKTR) “Kipr Turk Davlati” nomi bilan IHTning 3 nafar kuzatuvchisi qatorida ekanini ifoda etdi.

IHTning mushtarak faoliyatiga qoʻshgan hissasi boʻyicha Shimoliy Kipr Turk Respublikasining “eng faol kuzatuvchi” ekanini ta’kidlagan Chavushoʻgʻlu, Kipr turklarining 11 yildan beri barcha yuqori darajadagi IHT yigʻilishlarida qatnashayotganini bildirib, mavzu haqida:

“Kipr turklari perspektivasidan hammamiz foydalanishimiz kerak”. - dedi.

Chavushoʻgʻlu, Oʻzbekistonga muvaffaqiyatli raislik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va bu haqida:

“Türkiye, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining (IHT) yanada samarali boʻlishi va jahon iqtisodiyotidagi munosib ulushiga erishishi uchun oʻz zimmasiga tushgan vazifani bajarishni davom etadi”. – deya gapirdi.  

Ushbu qiyin global muhitda IHTni mustahkamlay olishlariga diqqat qaratgan Chavushoʻgʻlu, bugungi kunda bu taraqqiyot irodasini koʻrsatganliklarini qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Oʻzbekiston , #Mevlut Chavushoʻgʻlu , #IHT

Aloqador xabarlar