O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Turkiya elchisini qabul qildi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiya elchisi Olgan Bekar va turkiyalik bir guruh tibbiyot mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1935729
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Turkiya elchisini qabul qildi

 

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiya elchisi Olgan Bekar va turkiyalik bir guruh tibbiyot mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, muloqot avvalida bugungi kunda ikki qardosh xalq o‘rtasida barcha sohalar qatori tibbiyot tizimida ham hamkorlik aloqalari yuqori bosqichga ko‘tarilayotgani taʼkidlandi. Xususan, davolash muassasalarini qurish, tibbiy taʼlim va menejmentni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda ikki davlat sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti.

Uchrashuv chog‘ida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti rektori Jevdet Erdal bilan manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, yurtimizda yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshiradigan tor soha mutaxassislarini ikki yillik klinik ordinaturada tayyorlash qo‘shma dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bunda tibbiy taʼlimning ilk o‘quv yili Sog‘liq bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonda olib boriladi. Ikkinchi o‘quv yili esa Turkiyadagi 60 ta nufuzli klinikada davom ettiriladi.

Muloqot doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va gospitali uchun menejment hamda davolash yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlash, qo‘shma taʼlim dasturlarini ishga tushirish, turkiyalik harbiy shifokor-professorlarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish bo‘yicha Sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Olgan Bekar , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar