Qozog‘istondagi noqulay havo sharoiti bu hafta avj oladi
Qozog‘iston Milliy meteorologiya markazi (Kazgidromet) tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatda avj olgan Arktika antisiklonining shimoliy viloyatlardan janubiy qismiga siljib borayotgani ma’lum qilindi.
Qozog‘istondagi Arktika antisikloni tufayli bu hafta butun mamlakat bo‘ylab sovuq havo avj oladi.
Qozog‘iston Milliy meteorologiya markazi (Kazgidromet) tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatda avj olgan Arktika antisiklonining shimoliy viloyatlardan janubiy qismiga siljib borayotgani ma’lum qilindi.
Bayonotda joriy haftada havo harorati mamlakatning sharqiy va shimoliy shtatlarida 40 daraja sovuq, janubiy va g‘arbiy hududlarda esa 30-35 daraja sovuq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.
Mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan noqulay havo sharoiti tufayli ko‘plab viloyatlar, jumladan, poytaxt Ostonadagi maktablar onlayn o‘qishga o‘tmoqda. Aeroportlarda esa havo qatnovlari kechiktirilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli dizel dvigatelli transport vositalari va yoʻlovchi avtobuslari bilan uzoq masofalarga qatnov vaqtincha taqiqlanganini maʼlum qildi.