O‘zbekiston bilan Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

1928084
O‘zbekiston bilan Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirmoqchi

Bugun 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati o‘zining rasmiy saytida ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra muloqot chog‘ida, O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish sur’ati, shu jumladan o‘zaro tovar ayirboshlash ortayotgani, O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma korxona va kooperatsiya loyihalari soni oshayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi faol muloqotlarni davom ettirish, shu maqsadda har yili Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston-Rossiya Hududlar forumi imkoniyatlarini samarali ishga solish muhimligi ta’kidlandi.

Neft-gaz sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yilning 26-27-dekabri kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan MDH norasmiy sammitining samarali natijalari yuksak baholandi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, do‘stona va amaliy ruhda o‘tdi.

 



Aloqador xabarlar