Oʻzbekiston limonlari oʻtgan yili eng koʻp Rossiyaga eksport qilindi

Oʻtgan yili Oʻzbekistonning limon eksporti 2021-yilga nisbatan 289 tonna kamaygan.

1925430
Oʻzbekiston limonlari oʻtgan yili eng koʻp Rossiyaga eksport qilindi

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar oyidan noyabr oyigacha 8 ta chet davlatiga qiymati 4,5 mln. AQSh dollariga teng 4,1 ming tonna limon eksport qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Statistika qoʻmitasi ma’lumot boʻlishdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra limon eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 289 tonnaga kamaygan.

2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 2,7 ming tonna

Qozogʻiston – 852 tonna

Qirgʻiz R. – 482 tonna

Chet davlatga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 1,8 ming tonna

Xorazm viloyati – 631 tonna

Toshkent viloyati – 503 tonna

Namangan viloyati – 292 tonna


Tanlangan kalimalar: #Oʻzbekiston , #Rossiya , #limon eksporti

Aloqador xabarlar