Aliyev: Tabiiy boyliklarimizdan foydalanilib, tashib ketilmoqda

Ilhom Aliyev, sovet davrida Armanistondan quvilgan ozarbayjonliklar tomonidan asos solingan Gʻarbiy Ozarbayjon jamiyatiga aʼzo boʻlgan bir guruh ziyolilar bilan uchrashdi.

1923340
Aliyev: Tabiiy boyliklarimizdan foydalanilib, tashib ketilmoqda

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning qayd etishicha, Lochin yo‘lidagi voqea ochiq-oydin oʻrtada.

Aliyev, sovet davrida Armanistondan quvilgan ozarbayjonliklar tomonidan asos solingan Gʻarbiy Ozarbayjon jamiyatiga aʼzo boʻlgan bir guruh ziyolilar bilan uchrashdi.

Unda gapirgan Aliyev, Lochin yoʻlagida sodir boʻlgan voqealar Ozarbayjonga qarshi qanaqadir vasvasaga yoʻl ochgani, Armaniston va uning ortida turgan boshqa davlatlarning Ozarbayjonga qarshi tuhmat kampaniyasi boshlatganini ta’kidladi.

Aliyev, Birlashgan Millatlar Tashkilotida ham Ozarbayjonga qarshi yangi provokatsiya tayyorlangani, bir necha kundan beri dunyoning ba’zi davlatlari tomonidan Ozarbayjonga qarshi nopok reja tuzish payiga kirilganini qayd etdi.

U davlatlar muvaffaqiyatga erisha olmaganliklari ammo kelasi hafta ham buni amalga oshirish uchun kuch sarflashlarini bildirgan Aliyev:

“Lochin yoʻlida sodir boʻlgan voqea ochiq-oydin oʻrtada. Bu bizning qonuniy haqqimizdir. Tabiiy boyliklarimizdan foydalanilib, tashib ketilmoqda. Uni tortib olayotganlar, xalqaro huquq tamoyiliga koʻra jinoyatchi hisoblanadi. Chunki bu yer xalqaro hamjamiyat tomonidan bizning hududimiz sifatida tan olingan. Davlat tomonidan yuborilgan vakillarimizning u yerda (konlarda), tekshiruv ishlari yuritishi uchun tabiiy talabimiz bor. Nimalar bo‘layotganidan boxabar boʻlishlari lozim. Shuningdek, noqonuniy faoliyatlar toʻxtatilishi kerak. Bu bizning haqli talabimiz”.- degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ozarbayjon, arman aholisi istiqomat qilayotgan va vaqtinchalik Rossiya kuchlari joylashtirilgan Ozarbayjon hududidagi tabiiy boyliklarning noqonuniy ravishda ishlatilishi va buning natijasida atrof-muhitga yetkazilgan ziyonning tekshirilishi maqsadida 10 - dekabr kuni mintaqaga ekspert guruhi yuborgan edi. Ammo ularga armanlar tomonidan monelik qilindi.  

Bu vaziyatdan kelib chiqqan holda ozarbayjonlik atrof-muhitni himoya qiluvchi nodavlat tashkilot a’zolari bilan faollar, 12 - dekabr kuni Ozarbayjon tuproqlaridagi konlarning noqonuniy ishlatilishiga yoʻl qoʻymaslik talabi bilan Lochin yoʻlagida norozilik namoyishi boshladi.

 



Aloqador xabarlar