Qozog‘iston TDT faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni davom etadi
Toqayev kecha, tayinlanganidan beri ilk bor Qozog‘istonda boʻlgan TDT Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyevni qabul qildi.
Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jomart Toqayev, Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) asoschilaridan biri sifatida Turk davlatlari bilan ko‘p tomonli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, tashkilot kotibiyatiga maksimal darajada yordam berishlarini bildirdi.
Toqayev kecha, tayinlanganidan beri ilk bor Qozog‘istonda boʻlgan TDT Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyevni qabul qildi.
Oq - o‘rda saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toqayev, O‘muraliyevni tabriklab, yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.
Toqayev, Qozog‘istonning Turk davlatlari bilan ko‘p tomonli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani va TDT asoschilaridan biri sifatida kotibiyat ishini qo‘llab-quvvatlashni davom etishini bildirdi.
Turk xalqlarining hamkorligi va birligini mustahkamlashdagi o‘ziga xos platformasi sifatida tashkilotning o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada oshganini ta’kidlagan Toqayev, ayni paytda dunyodagi ko‘plab davlat va xalqaro tashkilot bilan tijoriy, iqtisodiy, madaniy - gumanitar hamkorlikni kengaytirish istagida ekaniga e’tibor qaratdi.
Toqayev, TDT kotibiyatining eng muhim vazifasi joriy yil oktabr oyida O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda kelishilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslarni samarali faollashtirish ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.