Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Qasim-Jomart Toqayev, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif uyushtirmoqda.

1921048
Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev joriy yilning 21-22-dekabri kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati o‘zining rasmiy saytida ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi ham rejalashtirilgan.

Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.



Aloqador xabarlar