O’zbekiston delegatsiyasi Turkiyada o'tkazilgan xalqaro qurultoyda ishtirok etdi

Qurultoy doirasida O'zbekistondagi “Ibn Sino” jamoat fondi, Kirshehir Axi Yevran universiteti va Anqaradagi Yildirim Bayazit universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

1915934
O’zbekiston delegatsiyasi Turkiyada o'tkazilgan xalqaro qurultoyda ishtirok etdi

 

Turkiyaning Kirshehir shahrida Tibbiyot va sog‘liqni saqlash bo‘yicha II Xalqaro qurultoy o‘tkazildi.

Mazkur qurultoyda O’zbekistondan “Ibn Sino” jamoat fondi raisi Nozimxon Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Qurultoyda “Ibn Sino” jamoat fondi raisi “Abu Ali ibn Sino: nur o‘tmish va kelajakni yoritadi” mavzusida maʼruza qildi.  

Unda Abu Ali ibn Sino merosini O‘zbekistonda va xalqaro maydonda o‘rganish hamda targ‘ib qilish borasida fond tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Qurultoy doirasida “Ibn Sino” jamoat fondi, Kirshehir Axi Yevran universiteti va Anqaradagi Yildirim Bayazit universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, 2015 yilda Buxoro shahrida Baxchishehir universiteti bilan imzolangan Hamkorlik memorandumini uzaytirish tartibi boshlandi.

Tadbir doirasida “Ibn Sino” jamoat fondi Kershehir Axi Yevran universiteti tomonidan sertifikat va esdalik mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Ibn Sino” jamoat fondi raisi Kirshehir provinsiyasi gubernatori Xudayar Mete Buxoro va Axi Yevran universiteti rektori Vatan Karakayga “Abu Ali ibn Sino” faxriy mukofotlarini topshirdi.

“Ibn Sino” fondi delegatsiyasi aʼzolari Xalqaro kongress tashkiliy qo‘mitasi, Turkiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bosh idorasi vakillari bilan qator muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida 2023 yil oktyabr oyida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari doirasida “Abu Ali ibn Sino: qo‘lyozmalar-ilm-hayot” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Turkiya ilmiy forumini hamkorlikda tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar