O'zbekistonda Turkiya to‘qimachilik korxonasi ish boshlaydi

Turkiyaning “Akcha Xolding” kompaniyasi Namangan viloyatida qiymati 250 million dollarlik to‘qimachilik loyihasini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

1913108
O'zbekistonda Turkiya to‘qimachilik korxonasi ish boshlaydi

 

Turkiyaning “Akcha Xolding” kompaniyasi Namangan viloyatida qiymati 250 million dollarlik to‘qimachilik loyihasini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Turkiyaning “Akcha Xolding” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Axmet Bilge Goksan o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu haqda ma’lum qilindi.

Muloqot davomida Yevropa davlatlari, AQSH, Braziliya, Kanada va boshqa mamlakatlar bozoriga mo‘ljallangan paxmoq sochiqlar, maishiy, to‘qimachilik, trikotaj mahsulotlari, harbiy kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish haqida so‘z bordi. Mazkur g‘oya amalga oshishi natijasida 12-15 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.

O‘z navbatida O‘zbekiston tomoni loyihani amalga oshirish hamda yangi investitsiyaviy tashabbuslar ishlab chiqish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatish, mustahkam sheriklik o‘rnatishdan manfaatdorligini bildirdi.

“Akcha Xolding” kompaniyasi yengil sanoat, energetika, oziq-ovqat mahsulotlari, turbodizel-generator va motor ishlab chiqaradigan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Kompaniyada 20 mingdan ko‘p xodim mehnat qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar