Sadir Japarov Qirg‘iziston Oqsoqollar kengashi aʼzolarini qabul qildi
Qirg‘iziston Oqsoqollar kengashi hukumatdan xorij mamlakatlarda yashab kelayotgan qirg‘izlarni o'z vataniga qaytarishni ta’minlashni talab qildi.

Qirg‘iziston Oqsoqollar kengashi hukumatdan xorij mamlakatlarda yashab kelayotgan qirg‘izlarni o'z vataniga qaytarishni ta’minlashni talab qildi.
Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 25-26 noyabr kunlari poytaxt Bishkekda boʻlib oʻtgan 1-Xalq qurultoyi Oqsoqollar kengashi aʼzolarini qabul qildi.
Oqsoqollar kengashi a’zolari birinchi Xalq qurultoyini tashkil etib, siyosiy iroda ko‘rsatgani uchun Prezidentga minnatdorlik bildirdi.
Ular shuningdek, hukumatga 2050 yilga mo'ljallangan Taraqqiyot Dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Ushbu dastur doirasida xorijdagi qirg'izlarni o'z vataniga qaytarishni talab qilishdi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, taxminan 7 million aholi mavjud bo'lgan Qirgʻizistonda fuqarolarning 600 mingdan ortigʻi Rossiyada, 30 mingga yaqini Qozogʻistonda, yana 30 ming nafari Turkiyada muhojir sifatida yashab kelmoqda.