Turkiya va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent shahrida Turkiya iqtisodiy tadqiqotlar jamg‘armasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan "Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbollari" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

1911804
Turkiya va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi

 

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari 24 noyabr kuni Toshkent shahrida Turkiya iqtisodiy tadqiqotlar jamg‘armasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan "Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbollari" mavzusidagi tadbirda ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, tadbir davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, mintaqaviy va xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirish, infratuzilmani rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro Transkaspiy yo‘lagidan foydalanishni yana-da faollashtirish, yuk tashish hajmini oshirish, narxlarni optimallashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit jarayonlarini soddalashtirish va yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirishni nazarda tutgan holda mintaqalararo transport va logistika sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar turk biznesining o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar va uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar