Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev bilan Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi.

1908596
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.  

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti umumxalq saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani va unda ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy muborakbod etgan.

Qayd etilishicha unda shuningdek:

O‘zbekiston bilan Qozog‘istonning yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

 



Aloqador xabarlar