Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Chingiz samimiy qabul hamda xorijiy investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik izhor etdi.

1908212
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

 

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Chingiz bilan uchrashdi.

Davlat rahbari bugungi kunda Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi energetika quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan ushbu turk kompaniyasining faoliyatini yuqori baholadi.

Boshlangan loyihalarni tez fursatda yakuniga yetkazish hamda ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan energetika ob’ektlarini modernizatsiya qilish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Mexmet Chingiz samimiy qabul hamda xorijiy investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik izhor etdi.

Mamlakatda muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Cengiz Enerji

Aloqador xabarlar