Timur Tаshkent O‘zbekiston Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi

Turkiyadan munosabat: Vatanimiz bayrog‘i yirik xalqaro sammit va konferensiyalarda O‘zbekistonni jahon hamjamiyatiga munosib ravishda taqdim etib kelmoqda.

1908181
Timur Tаshkent O‘zbekiston Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi

 

O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi arafasida O‘zbekiston Madaniyat, birdamlik va hamkorlik diasporasi assotsiatsiyasi rahbarining o‘rinbosari Timur Tаshkent “Dunyo”  axborot agentligi muxbiri bilan suhbat chog‘ida ushbu muhim sana munosabati bilan yurtdoshlarimizga o‘z tabrigini yo‘lladi:

- O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun nafaqat O‘zbekistonda, balki o‘zbeklar yashaydigan dunyoning barcha burchaklarida, shu jumladan, Istanbulda ham nishonlanadi.

Bayroq har doim davlatning muqaddas ramzi hisoblanib, har bir o‘zbek mustaqillik timsollarini qadrlashi va hurmat qilmog‘i lozim, chunki ularda xalqimizning shaʼni va g‘ururi mujassam bo‘lib, Vatanga sadoqat va muhabbatni bog‘laydi.

Tomirlarimda o‘zbek qoni oqayotganidan faxrlanaman. Insoniyat tarixida dunyoning turli burchaklarida o‘z bayroqlarini baland ko‘targan buyuk ajdodlarimiz xotirasi saqlanib qolgan. Ularda buyuk o‘zbek xalqining shonli tarixi, irodasi, milliy qudrati va madaniy o‘ziga xosliklari o‘z ifodasini topgann. O‘zbekistonning hozirgi bayrog‘i turkiy davlatlar bayroqlariga xos bo‘lgan tarixiy qadriyatlar va eng yaxshi anʼanalarni aniq-ravshan aks ettiradi.

Sport ustalari, siyosatchilar, sanʼat va madaniyat vakillari, shuningdek, diasporamiz vakillari dunyoning barcha burchaklarida g‘urur bilan bayroqni qanday ko‘tarayotganini kuzatayotganimda beixtiyor ko‘zimdan yosh keladi. U yirik xalqaro sammit va konferensiyalarda O‘zbekistonni jahon hamjamiyatiga munosib ravishda taqdim etib kelmoqda.

Ushbu bayram munosabati bilan buyuk o‘zbek xalqiga o‘zimning eng samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar