Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Ostona vaqti bilan ertalab soat 6:00 da mamlakatda 86 ta saylov uchastkasi ochilgan. Mamlakat bo‘ylab aksariyat saylov uchastkalari ertalab soat 7:00 da ish boshlagan.

1908321
Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

 

Bugun, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilishicha, Ostona vaqti bilan ertalab soat 6:00 da mamlakatda 86 ta saylov uchastkasi ochilgan. Mamlakat bo‘ylab aksariyat saylov uchastkalari ertalab soat 7:00 da ish boshlagan.

Ertalab soat 7:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda 8162 ta saylov uchastkasi ochilgan. Shuningdek, 11 ta xorijiy davlatdagi 12 ta saylov uchastkasida ovoz berish boshlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, kun davomida mamlakat bo‘ylab jami 10101 ta saylov uchastkasi ochiladi, 53 ta davlatda 68 ta saylov uchastkasi faoliyat yuritadi.

Aholisi 19 milliondan oshgan Qozog'istonda bugun ro'yxatga olingan 11 million 950 ming 485 nafar saylovchining ovoz berishi kutilmoqda.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, 22 578 ta guvohnoma berilgan bo‘lib, ular bilan saylovchi istalgan saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

Saylovni 641 nafar xalqaro kuzatuvchi, jumladan, 10 xalqaro tashkilotdan 532 nafar va 35 xorijiy davlatdan 109 nafar kuzatuvchi kuzatib boradi.

Ma’lumot uchun, prezidentlikka nomzodlar amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayev, Nurlan Auesbayev (Milliy sotsial-demokratik partiyasi), Meyram Kajiken (Qozog‘iston “Amanat” kasaba uyushmalari hamdo‘stligi), Jiguli Dairaboyev (Ovul), Karakat Abden (ijtimoiy ishchilar alyansi tomonidan ko‘rsatilgan), Saltanat Tursinbekova ( "Qozoq onalari - bojxonaga yo‘l" uyushmasi).

Shuningdek, bu yildan boshlab byulletenlarda “hammaga qarshi” ustuni ham qo‘shilgan.

Yangilangan konstitutsiyaga ko‘ra, Qozog‘iston Prezidenti bir marta yetti yillik muddatga saylanadi va keyin u o‘z nomzodini qo‘ya olmaydi. Nomzod g‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz olishi kerak. Agar hech bir nomzod bunday qo‘llab-quvvatlamasa, saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Ovoz berish soat 20:00 gacha davom etadi. 

Dastlabki natijalar ertaga e'lon qilinadi va yakuniy natijalar esa, 27 noyabrgacha e'lon qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar