Navbatdagi Ostona muzokaralari 22-23 noyabr kunlari o‘tkaziladi

Aybek Smadiyarov, Suriya bo‘yicha XIX Ostona muzokarasining 22-23 noyabr kunlari poytaxt Ostonada bo‘lib o‘tishi va unda kafil davlatlar Türkiye, Rossiya va Eron hay’atlari ishtirok etishini bildirdi.

1907770
Navbatdagi Ostona muzokaralari 22-23 noyabr kunlari o‘tkaziladi

Suriya bo‘yicha Ostona muzokaralarida kafil davlatlar Türkiye, Rossiya va Eron hay’atlari 22-23 noyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostonada uchrashadi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining haftalik matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Aybek Smadiyarov, Suriya bo‘yicha XIX Ostona muzokarasining 22-23 noyabr kunlari poytaxt Ostonada bo‘lib o‘tishi va unda kafil davlatlar Türkiye, Rossiya va Eron hay’atlari ishtirok etishini bildirdi.

Suriya rejimi bilan muxolifat hay’ati ham ishtirok etuvchi muzokaralarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geir O. Pedersenning ham ishtirok etishi to‘g‘riligini ifoda etgan Smadiyarov BMT, Iordaniya, Livan va Iroqning mazkur muzokaralarda “kuzatuvchi” maqomida o‘rin olishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ikki kun davom etuvchi muzokaralarda tomonlar Suriyadagi umumiy vaziyat nuqtai nazaridan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar doxil siyosiy jarayonning keng ko‘lamli muhokama qilinishi, garovga olinganlarning ozod etilishi, bedarak yo‘qolganlarni izlash kabi ishonch orttiruvchi choralar, suriyalik fuqarolarning ona vatanlariga qaytishi uchun shart tuzish, Suriyaning qayta tiklanishi uchun BMT Xavfsizlik kengashining 2642 qarori asosida xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarining safarbar qilinishi kabi mavzular kun tartibiga olib chiqiladi.

Unda, shuningdek, kafil davlatlar hay’atlari hamda BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi va Xalqaro Qizil xoch vakillari oʻrtasida majburiy hibsga olinganlar ustidan ishchi guruh yigʻilishi ham oʻtkaziladi.

Suriya boʻyicha soʻnggi Ostona muzokaralari 15-16 iyun kunlari Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida oʻtkazilgandi.

 



Aloqador xabarlar