Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi ShKTRni "Respublika kuni" bilan tabrikladi

"TDTning kuzatuvchi davlati – Shimoliy Kipr Turk Respublikasida nishonlanadigan Respublika kuni munosabati bilan Turkiy davlatlar tashkiloti nomidan va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklarimni izhor etaman", — deyiladi Omuraliev tabrigida.

1908021
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi ShKTRni "Respublika kuni" bilan tabrikladi

 

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev Shimoliy Kipr Turk Respublikasini (ShKTR) Respublika bayrami bilan tabrikladi.

"15 noyabr kuni TDTning kuzatuvchi davlati – Shimoliy Kipr Turk Respublikasida nishonlanadigan Respublika kuni munosabati bilan Turkiy davlatlar tashkiloti nomidan va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklarimni izhor etaman", — deyiladi Omuraliev tabrigida.

Bosh kotib o‘tgan hafta Samarqandda bo‘lib o‘tgan TDT yetakchilarining tarixiy sammitida Shimoliy Kipr kuzatuvchi maqomini olganini eslatdi.

Bosh kotib Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda 2023 yil "Turkiy sivilizatsiyasining yuksalish yili" deb e’lon qilinganini eslatdi.

Omuraliev, TDT mintaqa va butun dunyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot yo‘lida a’zo davlatlar va kuzatuvchilar bilan hamkorlikni davom ettirishini aytdi. "Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hukumatini va qardosh xalqni chin qalbimdan tabriklab, butun turkiy dunyoga farovonlik tilayman", — deya qo‘shimcha qilgan u.



Aloqador xabarlar