Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” sammitida ishtirok etadi.

1898519
Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun  27-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati o‘zining rasmiy veb – saytida ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra tadbirda, mintaqa mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.

Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy - gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.



Aloqador xabarlar