Qozog‘istonning harbiy doktrinasi yangilandi

Qasim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonning harbiy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonni imzoladi.

1897387
Qozog‘istonning harbiy doktrinasi yangilandi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat harbiy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonni imzoladi. 

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Prezident Toqayev 2021-yili xalqqa murojaati chog‘ida mamlakatning harbiy doktrinasini yangilash haqida ko‘rsatma bergani yodga solindi.  

Bayonotda, “Prezident mudofaa salohiyatini mustahkamlash va tahdidlarga javob berishni jadallashtirish davlatning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi”, -degan ifodalarga o‘rin berildi.

Nomi tilga olingan harbiy doktrinada, xavfsizlikka ta’sir etuvchi zamonaviy omillar hisobga olinganiga ham e’tibor qaratilar ekan ayni vaqtda:

“Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish uchun maxsus operatsiyalar kuchlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, doktrinada davlatning yangi tahdid va xatarlarga munosib javob berish uchun harbiy salohiyati oshirilmoqda”.-deyildi.

Bayonotda, mamlakatning yangilangan harbiy doktrinasi Prezident imzosi bilan kuchga kirgani ham qayd etildi.



Aloqador xabarlar