Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kecha, 10 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon suhbatida Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar uchun choralar ko‘rayotganini olqishladi.

1891186
Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi

 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kecha, 10 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon suhbatida Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar uchun choralar ko‘rayotganini olqishladi. 

Entoni Blinken muammoni hal qilishdagi sa'y-harakatlari uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi.

“Blinken Ozarbayjon va Armaniston tomonidan barqaror tinchlik kelishuvlariga erishish yo‘lidagi ijobiy qadamlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirlari va yetakchilar o‘rtasida yaqinda o‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Blinken Ozarbayjonning 4 oktyabr kuni 17 harbiy asirning ozod qilinishini mamnuniyat bilan qabul qilgan va shuningdek, Prezident Aliyevni “tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash” uchun choralar ko‘rishni davom ettirishga chaqirgan" ,- deyiladi bayonotda.

Vazir Blinken AQSh bu jarayonning barcha jabhalarida, jumladan aniq chegaralar, transport aloqalari, bedarak yo‘qolganlarni topish va shaxsini aniqlash, mahbuslarni qaytarish va boshqa masalalarda qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta'kidladi.

Davlat kotibi Qorabog‘ aholisining huquqlari va himoyasini muhokama qilish muhimligini, shuningdek, uzoq muddatli tinchlikka erishishning yagona yo‘li sifatida har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab qolish va muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishishga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan. 

Shuningdek, shu bugunning o‘zida Blinken, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga ham qo‘ng‘iroq qilgan.  Tomonlar Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan hamda Yerevan va Baku o‘rtasida tinchlik bitimini ishlab chiqish muhimligi haqida kelishib olgan.



Aloqador xabarlar