Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi
1889644
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan bugun, 7-oktabr kuni, Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) norasmiy sammiti tadbirlarida ishtirok etadi. Bu haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra, tadbir kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.