Ozarbayjon bilan Armaniston tinchlik shartnomasini muhokama qildi

Kecha Jenevada Ozarbayjon bilan Armaniston tinchlik shartnomasini muhokama qildi.

1887442
Ozarbayjon bilan Armaniston tinchlik shartnomasini muhokama qildi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan ikki mamlakat o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi shartlarini muhokama qildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi o‘zining Twitter sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi Shvetsariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tganini bildirdi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, 30-sentabr kuni Armaniston davlat telekanaliga bergan intervyusida, ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining 2-oktabr kuni uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qilgandi.

Pashinyan uchrashuv chog‘ida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik shartnomasi loyihasi tayyorlanishini ham o‘z so‘ziga ilova etgan.

Ozarbayjon hukumati uchrashuv mazmuni haqida hech qanday bayonot bermadi.



Aloqador xabarlar