O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ikkita bitim tasdiqlanadi

O'zbekiston Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.

1887002
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ikkita bitim tasdiqlanadi

 

O'zbekiston Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.

2022 yil 21 iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar:

  • O‘zbekiston hukumati bilan Ozarbayjon hukumati o‘rtasida sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  • O‘zbekiston hukumati bilan Ozarbayjon hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida Ozarbayjon tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ular qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar