O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar ayirboshlash hajmini ochirmoqchi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Qirg‘izistonning mamlakatdagi elchisi Musa Jamanboyev bilan uchrashdi.

1886997
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar ayirboshlash hajmini ochirmoqchi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Qirg‘izistonning mamlakatdagi elchisi Musa Jamanboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligini yanada rivojlantirish, oliy darajada avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va bo‘lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqotlarni davom ettirish, ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlik savdo-iqtisodiy yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi. Tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik sub’yektlari va ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik dolzarb jihatlariga to‘xtalib, xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar