Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻizistonda

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Qirgʻizistonda.

1884563
Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻizistonda
Özbekistan-Kırgızistan bayrak.png

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan bugun Qirgʻizistonda. Mavzu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali ma’lumot boʻlishdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra Bosh vazir Abdulla Aripovni, poytaxt Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportida Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov kutib olgan.

Tashrif davomida Abdulla Aripov Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalarining qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma majlisida ishtirok etadi.

Shuningdek, Abdulla Aripov Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.



Aloqador xabarlar