Ilhom Aliyev Bokuda Faxrettin Koʻjani qabul qildi

Türkiye Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻja shu kunlarda, Türkiye-Ozarbayjon Sogʻliqni saqlash biznes forumida ishtirok etish uchun Bokuda.

1883674
Ilhom Aliyev Bokuda Faxrettin Koʻjani qabul qildi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Türkiye-Ozarbayjon Sogʻliqni saqlash biznes forumida ishtirok etish uchun shu kunlarda Bokuda boʻlgan Türkiye Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻjani qabul qildi.

Ozarbayjonning Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonga koʻra Aliyev mazkur qabul chogʻida, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan oxirgi uchrashuvlaridan qanchalik xursand boʻlganini ifoda etgan holda, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning har sohada uzluksiz rivoj topayotganini ta’kidladi.

Shusha deklaratsiyasi Türkiye va Ozarbayjon xalqlari va davlatlari manfaatlarini aks ettirganini ta’kidlagan Aliyev, urushda va urushdan keyin ozarbayjonlik gʻoziylar turk shifokorlar tomonidan davolangani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Qabul chogʻida Faxrettin Koʻja, Shusha deklaratsiyasining ahamiyatiga toʻxtalib, ushbu hujjatda aks ettirilgan maqsadlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasidagi aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish ustida ish olib borayotganliklarini bildirdi.

Türkiyening sogʻliqni saqlash sohasidagi tajriba va bilimlarini Ozarbayjon bilan boʻlishish, qardoshlik burchi ekanini ta’kidlagan Koʻja, kecha uyushtirilgan “Türkiye-Ozarbayjon sogʻliqni saqlash biznes forumi”ning ahamiyati haqida gapirdi.

Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻja, Ozarbayjonga boʻlgan tashrifi doirasida hamkasbi Teymur Musayev bilan ham uchrashdi.

Unda, ikki davlatning sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud aloqalarni jadallashtirish maqsadida yangi loyihalar muhokama qilindi.

Faxrettin Koʻja bilan Musayev sog‘liqni saqlash tizimlari, shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, sog‘liqni saqlash axborot tizimlari, sog‘liqni saqlash ta’limi kabi sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

 

 

 



Aloqador xabarlar